Muhtarama Nosirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhtarama Nosirova (1925.1.7, Qarshi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 1941 yildan Mulla Toʻychi Toshmuhamedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrining aktrisasi. "Gʻunchalar" (3. Fatxullin) spektaklidagi Nigor N.ning sahnada yaratgan ilk obrazidir. N. sahnaviy joziba, mayin va taʼsirli ovozga ega boʻlgani sababli musiqali dramalarda ham katta muvaffaqiyat qozondi: Layli (Xurshid; T. Sodikrv, N. Mironov, "Layli va Majnun"), Shirin (Xurshid; G. Mushel, V. Uspenskiy, "Farhod va Shirin"), Zuhra (S. Abdulla; T. Jalilov, "Tohir va Zuxra") va boshqa Ayni chogda dramalarda Jamila, Xolisxon (Hamza, "Boy ila xizmatchi", "Xolisxon"), Guli (Uygʻun, I. Sulton, "Alisher Navoiy"), Hur ona (A. Oripov, "Jannatga yoʻl"), Qurbongul (Fitrat, "Abul-fayzxon"), Mushtipar ona (M. Xalil, "Sehrli uzuk"), Aziza (A. Shalomayev, "Oqibat"), Ona (Sh. Pardayev, "Soʻnggi qurbon") kabi rollarni ijro etdi. "Qadimda boʻlgan ekan" (1995) fil-mida Momo rolini oʻynadi. "Shuxrat" medali bilan takdirlangan (2001).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil