Kontent qismiga oʻtish

Muhiti kabir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhiti kabir — Okeanning oʻrta asr Sharq tarixi va adabiyotidagi nomi. „Muhit“ termini oʻsha davrda dengiz, okean maʼnosida keng qoʻllangan. Ayniqsa, Beruniyning „Hindiston“, „At-Tafqim“ asarlarida Atlantika okeani — Oʻqiyonus, Muhiti Magʻribiy (Gʻarbiy okean), Shimoliy Muz okeani — Daryoi Muhiti Shimoliy, Tinch okean — Daryoi muhiti Mashriqiy (Sharqiy Okean) tarzida keltirilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil