Muhitdinov Mamajon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhitdinov Mamajon (1927.05.05, Namangan — 2002.08.02, Toshkent) — shaxmat boʻyicha Markaziy Osiyodagi birinchi sport ustasi (1956), 4-marta Oʻzbekiston (1952,1954, 1957, 1965) chempioni, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1965), xalqaro toi-fadagi hakam (1986). Toshkent temir yoʻl transporta muhandislari institutini tugatgach (1949), temir yoʻl boshqarmasida muhandis (1949—1960), respublika oʻquvchilar saroyi va mamlakat shaxmat terma jamoasida katta murabbiy (1960—1971).

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida ilmiy xodim (1971—1981). Oʻzbekistonda shaxmat madaniyati tarixi mavzusida tadqiqotlar olib borgan. Shaxmat nazariyasi va uslubiyatga bagʻishlangan darslik, ommabop kitoblar yezdi, tarjima qildi. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Asarlari: "Sharq — shaxmat vatani", "Oʻzbekistonda shaxmatchilik", "Aʼzamovlar sulolasi", "Ot oʻynatib, fil surib", "Kataklarga yashiringan olam", "Aql moʻjizasi", "Sohibqiron dona surganda" va boshqa[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil