Muhandislik geologiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhandislik geologiyasi -geologiyaning Yer pusti yuqori qatlamlarining hozirgi geologik sharoitlari va dinamikasini muhandislikqurilish va boshqa xoʻjalik tadbirlari nuqtai nazaridan oʻrganadigan sohasi.

M.g.ning asosiy vazifasi — geologiyaning turli inshootlarni loyihalash, qurish va undan foydalanish bilan bogʻliq amaliy masalalarni yechish. Shuningdek, M.g. geografik muhitdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda muhim rol oʻynaydi. M.g.ning ilmiy yoʻnalishlari: muhandislikgruntshunoslik — togʻ jin-slarining tarkibi va muhandislik-geologik xossalarini tabiiy joylashgan yerida va lab.da oʻrganadi. Regional gruntshunoslik yaxshi rivojlangan boʻlib, alohida togʻ jinslari va tuproqning M.g. xususiyatlari va tarqalish qonuniyatlarini tadqiq etadi; m u handislik geodinamikasi — tabiat hodisalari va odamlarning muhandislik va xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq oʻzgarish va jarayonlar (surilmalar, sel, karst, choʻkish va h.k.)ni oʻrganadi va ularning oldini olish, bartaraf etish haqida tavsiyalar ishlab chiqadi; regional M.g. — Yer pusti turli qismlarida muhandislik-geologik sharoitlarining oʻzgarish qonuniyatlari harakterini oʻrganadi. Shuningdek, muhandislik geoekologiyasi, seysmologiya, shaharlar, dengiz M.g. va boshqa rivojlanmoqda. M.g. haritalarida barcha geologik omillar koʻrsatiladi.

Inshootlarning zamini haqidagi bilimlar qadim zamonlardan toʻplab kelingan. Qadimda mahobatli saroylar, maqbara va minoralar, gidrotexnika inshootlari, ibodatxonalar qurishdan oldin muhandislar amaliy tajribalari va ustoz-shogird vorisligi asosida qurilish boʻladigan yerni puxta oʻrganib, inshootlarga salbiy taʼsir koʻrsa-tuvchi choʻkish, yer qimirlash, suv bosish kabi jarayonlar hisobga olingan, ularni oldini olish uchun zaruriy choralar koʻrilgan. M.g. amaliyotiga rioya qilib tiklangan yodgorliklardan Misr ehromlari, Hindiston va Hindixitoydagi ibodatxonalar, Xiva, Buxoro, Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa qadimgi shaharlardagi Madrasa, minora va boshqa meʼmoriy inshootlarning aksariyati hozirgacha saqlangan. M.g.ning Yevropada paydo boʻlishi va rivojlanishi 19-asrning 2-yarmida, temir yoʻl, tunnel, koʻprik, metropolitenlar qurilishi bilan bogʻliq boʻlgan.

Oʻzbekistonda M.g.ning rivojlanishi irrigatsiya inshootlari (Katta Fargʻona, "Doʻstlik" va boshqa kanallar), gidrotexnika inshootlari (Chirchiq — Boʻzsuv GESlar kaskadi, Chorvoq suv ombori va GES), Mirzachoʻl, Dalvarzin, Qarshi choʻllarini oʻzlashtirish, eski shaharlarni qayta qurish, yangi shaharlar bunyod etish bilan bogʻliq boʻldi. M.g. 20-asr 30-yillaridan tez rivojlana borib, alohida fanga aylandi. Tosh-kentda 1927-yildan turli loyihalash tashkilotlari tarkibida M.g. boʻlimlari, geologiya muassasalarida otryadlar va h.k. boʻlgan. 1952-yil "Oʻzbekgidrogeologiya" tresti va uning tarkibida M.g.ekspeditsiyasi, 1960-yildaToshkentda Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi ilmiy tadqiqot instituti ("Gidroingeo") tashkil etildi. Oʻzbekistonda M.g. sohasidagi tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalar jahon andozasidan kam emas. M.g. rivojiga K. Terdagi (AQSH), M. Arnold (Fransiya), D. Smit (Angliya), R. Volter (Germaniya), F. P. Savarenskiy, V. A. Priklonskiy (RF), Oʻzbekistonda O. K. Lange, F. O. Mavlonov, K. P. Poʻlatov, E. V. Mavlonov va boshqa hissa qoʻshganlar.

Ad:. Qodirov E. V., Shermatov M. Sh., Akbarov X. A., Mavlonov E. V., Odilov A. A., Tabiiy muhitni muqofazalashning geologik asoslari, T., 1999; Nazarov M. 3., Injenerlik geologiyasi, T., 1985; Ergashev I., Injenerlik geologiyasi va gidrogeologiya, T., 1990.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil