Muhandislik-geologik rayonlashtirish
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhandislik-geologik rayonlashtirish — muhandislik va geologik sharoitlari oʻxshash boʻlgan yer maydonlarini rayonlarga boʻlish. M-g.r.da quriladigan inshootlarning turlari, ulardan foydalanishga salbiy va ijobiy taʼsir qiluvchi geologik, geomorfologik, gidrogeologik maʼlumotlar hamda tabiiy va inson faoliyati bilan bogʻliq jarayonlar asos qilib olinadi. Rayonlashtirilayotgan hududlar tektonik strukturalaridan kelib chiqib regionlarga, geomorfologik tuzilishiga koʻra viloyatlarga, togʻ jinslarining majmuiga qarab rayonlarga va yer osti suvlarining tarkibi, togʻ jinslarining xossalari, geologik jarayonlar faolligi hisobga olinib kichikroq maydonlarga boʻlib chiqiladi.
M.-g.r. umumiy va maxsus rayonlashtirishga boʻlinadi. Umumiy rayonlashtirish haritalari loyixalashtirishning dastlabki bosqichida katta maydonlarga (respublika, viloyat miqyosida) barcha turdagi qurilishlar va oʻzlashtiriladigan rayonlar uchun tuziladi. Mas, Oʻzbekiston va uning oʻzlashtirilgan ayrim qismlari (Mirzachoʻl, Qarshi choʻli, Koʻkorol, Dalvarzin, Surxondaryo vodiysi hududlari) umumiy rayonlashtirilgan.
Maxsus rayonlashtirish esa ayrim tipdagi qurilishlar — shahar va qishloqlarni joylashtirish va qurish, avtomobil, temir yoʻl va yuqori vol-tli elektr uzatish simlarini oʻtkazish, gidroenergetika inshootlarini qurish boʻyicha, yer osti foydali qazilmalarni qazib olish sharoitlariga koʻra amalga oshiriladi. Bulardan tashqari, M.-g.r. hududlarining oʻziga xos tabiiy sharoitlari boʻyicha ham bajariladi. Lyoss va lyossimon jinslarning choʻkish darajasi, karst va suffozion gʻovaklarning tarqalishi va rivojlanishi, koʻchkilarning turlari va tarqalishi, seysmik va mikroseysmik holatlari hisobga olinadi.
Oʻzbekistondagi choʻl va togʻ oldi zonalarini oʻzlashtirishda M.-g.r. ishlariga olimlardan Gʻ. O.Mavlonov, A. I. Islomov, R.A.Niyozov, S.M.Qosimov va boshqa salmokli hissa qoʻshgan.
Ad:. Lomtadze V. D., Injenernaya geologiya, L., 1988.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |