Muhammadqul Arabov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammadqul Abduqodirovich Arabov (1921, Buxoro) – kinooperator. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1965). Moskva davlat kinematografiya institutining operatorlik fakultetini tugatgan (1943). Moskvadagi Markaziy hujjatli filmlar kinostudiyasining harbiy kinooperatori bo‘lib 1-Ukraina frontida xizmat qildi (1943 – 45). "Berlin" filmi va "Ulug‘ Vatan urushi" kinoepopeyasiga A. suratga olgan jang lavhalaridan kadrlar kiritilgan. 1946 – 52 yillarda Sverdlovsk, 1953 – 62 yillarda Dushanba kinostudiyalarida, 1962 yildan O‘zbekiston hujjatli va il-miy-ommabop filmlar kinostudiyasida ishlagan. Bir necha filmlarni suratga olgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil