Muhammadjon Tinishboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammadjon Tinishboyev
qozoqcha: Мұхаметжан Тынышбайұлы
 Turkiston muxtoriyatining vaziri-raisi
Mansab davri
1917-yil 28-noyabr – 1917-yil 12-dekabr
Oʻtmishdoshi Tashkil etilgan
Vorisi Mustafo Choʻqay
 Turkiston muxtoriyati ichki ishlar vaziri
Mansab davri
1917-yil 28-noyabr – 1917-yil 12-dekabr
Oʻtmishdoshi Tashkil etildi
Vorisi Bekor qilindi
 Alash Oʻrda Muvaqqat Xalq Kengashi aʼzosi
Mansab davri
1917-yil 10-dekabr – 1920-yil 5-mart
Hukumat boshligʻi Alixan Bukeyxanov
 Rossiya imperiyasi Davlat Dumasi deputati
Mansab davri
1906-yil 27-aprel – 1906-yil 22-iyul
Monarx Nikolay II
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1879-yil 12-may
Jilandi togʻ etaklari, Makanchi-Sadirovskaya volosti, Lepsinskiy tumani, Semirechensk viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1937-yil 21-noyabr
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Millati Qozoq
Siyosiy partiyasi Alash
Taʼlim Verniy erkaklar gimnaziyasi, Imperator Aleksandr Ⅰ Sankt-Peterburg davlat aloqa universiteti
Dini Islom
Ilmiy unvoni mexanika, muhandislik, temir yo'l muhandisligi
Xizmat yillari 1917-1920

Muhammadjon Tinishboyev,(1879.12.5, Yettisuv viloyati – 1938.20.4) – davlat va jamoat arbobi, tarixchi olim. Turkiston muxtoriyati hukumatining 1bosh vaziri (1917-yil noyabr—dek.) va ichki ishlar vaziri (1917-yil noyabr – 1918-yil fevral). Alash Oʻrda hukumatining ichki ishlar vaziri (1917-yil dekabr—1920-yil mart). Peterburg temir yoʻl transporti muhandislari intini tugatgan (1906). 2Davlat dumasi deputati (1907-yildan). Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteta aʼzosi (1917). Turkiston Reyepublikasi suv xoʻjaligi boshligʻi (1922), Yer sugʻorish boʻlimi boshligʻi (1924). Toshkentdagi qozoq xalq maorif institutida turkiy xalqlar tarixi, mat., kimyo va fizikadan dare bergan (1920—25). Yettisuv gubernyasi (oblasti) ijroiya komiteti temir yoʻl boʻlimi boshligʻi (1926). Turkiston – Sibir (Turksib) magistralida turli lavozimlarda ishlagan (1927— 30). 1930-yil 3-avgustda sovet rejimi tomonidan qamoqqa olingan, 3 yilga surgun qilingan (1932— 35). Guryev – Kandigach temir yoʻlda ishlagan (1935— 37). Toshkentda qayta qamoqqa olinib (1937-yil 21-noyabr), otib tashlangan. 1959-yiloʻlimidan soʻng oklangan. T. turkiy xalklar tarixiga oid koʻplab asarlar, jumladan, „Qirgʻiz-qozoq xalqi tarixiga oid materiallar“ (rus tilida, T., 1925), „Turkmoʻgʻul tarixi“ (1923) va boshqa muallifi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]