Muhammadjon Qoratoyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammadjon Qoʻjasboyevich Qoratoyev (1910.22.12, Qiziloʻrda viloyati Telikoʻl ovuli — 1992.9.6. Olmaota) — qozoq adabiyotshunosi, yozuvchi va tarjimon. Qozogʻiston FA akad. (1975), Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). Filol. fanlari d-ri (1963), prof. (1965). Abay nomidagi Qozoq pedagogika institutini tugatgan (1933). Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasining masʼul kotibi (1936—37), raisi (1937—38), Qozogʻiston pedagogika instituti qozoq adabiyoti kafedrasining mudiri (1960). "Jazushi" nashriyotida katta muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari, direktor (1955—60), 1960 yildan M. Avezov nomidagi Adabiyot va sanʼat institutida boʻlim mudiri, 1968 yildan Qozoq sovet ensiklopediyasi Bosh muharriri. Adabiy faoliyati 1933 yildan boshlangan. "Jonajon adabiyot haqida oʻylar" (1958), "Saken Sayfullin" (1964), "Mahorat va dunyoqarash" (1965), "Muxtor Avezov" (1967), "Doʻmbradan kitobga" (1969), "Adabiyot va estetika" (1970), "Istiqbol choʻqqilari" (1972), "Choʻqqilar oldinda" (1977) kabi adabiytanqidiy kitoblar muallifi. Q., shuningdek, "Choʻldagi gudok" romani (1960, K.N.Altayskiy bilan hamkorlikda), "Jer-uyukka sayohat" qis-sasini yozgan. M.Gorkiyning "Mening dorilfununlarim" va M.Sholoxovning "Tinch oqar Don" (3 kitob) asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan.