Muhammad ibn Yusuf Varroq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad ibn Yusuf Varroq
Tavalludi 904,
Gvadalaxara
Vafoti 973 va oktyabr 973
Fuqaroligi andalusiya
Kasbi islom tarixchisi,geografiya
dini- islom

Muhammad ibn Yusuf Varroq (arab. محمد بن يوسف الورّاق) (904, Gvadalaxarada - 973 yoki 974- yil Kordova) – andalusiyalik geograf va tarixchi[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U ko‘p yillar Qayravonda yashab, xalifa al-Hakam II davrida Kordovaga qaytib keladi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Varroq Hakam II uchun Shimoliy Afrikaga oid bir qator tarixiy-geografik asarlar yozgan. Garchi uning keng ko‘lamli asarlaridan ko‘plab parchalar bir asrdan keyin Bakriyning “Yo‘llar va saltanatlar kitobi”dan joy olgan bo‘lsa-da, asarlarining birortasi to‘liq saqlanib qolmagan[2]. Bakriy o‘z asarida Varroqqa tayangan holda ko‘chirgan parchalardan xulosa qilish mumkinki, u birinchi bo‘lib geografiya va tarixni aralashtirib yuborgan. Har qanday geografik mavzu uning tarixiy konteksti va batafsil tavsifi bilan birga keladi. Ibn Hazm uning nasabi Zenata barbar qabilalariga borib taqalishini eslatib o‘tadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. About the geographer Muhammad ibn Yusuf al-Warraq
  2. Corpus of early Arabic sources for West African history By J. F. P. Hopkins, Nehemia Levtzion; p. 62.