Muhammad ibn Salom Paykandiy (Boykandiy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhaddis

Ism

Muhammad ibn Salom Paykandiy

Tavalludi

Vafoti

841-yil

Falsafa maktabi


Muhammad ibn Salom Paykandiy (Boykandiy) — (?—841) — buxorolik olim va muhaddis. Muhammad ibn Salom Paykandiy Buxoro viloyati Qorako‘l tumanining Paykent (Boykent) shahrida tavallud topgan. U zohid, olim, muhaddis, faqih bo‘lib Imom al-Buxoriyga saboq bergan. Muhammad ibn Salom shunday degan ekan: "Yosh Muhammad ibn Ismoil (yaʼni Imom al-Buxoriy) yonimda bo‘lsa, har gal xatoga yo‘l qo‘ymay deb yuragimni hovuchlab o‘tiraman". Narshaxiy oʻzining „Buxoro tarixi“ kitobida shunday yozgan: „Zohid olim Muhammad ibn Salom Baykandiy deydilarki, men tushimda payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ni ko‘rdim. U kishi Buxoroning Xarqon bozorida edilar. Xabarda keltirilgach o‘sha tuyaga mingan va boshlarida oq kuloh kiygan edilar. Juda ko‘p odamlar Muhammad (s.a.v)ni ko‘rib, xursandchilik bilan peshvoz olar va u zoti sharifni qayerga tushiramiz, der edilar. Shunda Hazrat Muhammad (s.a.v)ni marhum Abu Hafs Kabir uylariga tushirdilar. Men Xoja Abu Hafsni ko‘rdim, u kishi Muhammad (s.a.v) yonlarida o‘tirib kitob o‘qirdi. Payg‘ambar (s.a.v) uch kun u kishining uyida bo‘ldilar. Abu Hafs kitob o‘qir, shu uch kun ichida Muhammad (s.a.v) unga hech bir eʼtiroz bildirmadilar va o‘qiganlarining hammasini to‘g‘ri topdilar[1]. „Nasabnoma“ asarida keltirilishicha, Muhammad ibn Salomning ustozi Abu Abdulloh ibn Muhammad al Azg‘uniy (?—816) bo‘lgan. Shuningdek, Iso ibn Muso al G‘unjoriy (?—803) ham Muhammad ibn Salomga hadisdan saboq bergan. Muhammad ibn Salomning shogirdlari ham boʻlgan. Jumladan Ahmad Volis ibn Abdushukur ibn Zayniy Buxoriy, Abu Zahhol al Fazl ibn Xasson Sutikatiy va boshqalar bir qator shogirtlari boʻlgan. Muhammad ibn Salom Paykandiy 841-yilda vafot etgan[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy. Buxoro tarixi, Toshkent, 1966 — 119 bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet.