Muhammad Valiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Valiev
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Mansab davri
2020-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-may 1986-yil (1986-05-26) (37 yosh)
Qoʻqon, OʻzSSR, SSSR
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Adolat Partiyasi
Maʼlumoti Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti

Muhammad Sheralievich Valiev (tugʻ. 1986-yil 26-may, Qoʻqon, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek jamoat va siyosiy arbobi, dotsent, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1986-yil 26-mayda Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida tugʻilgan. 2008-yilda Sankt-Peterburg davlat temir yoʻl universitetini muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. U oʻz faoliyatini 2008-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida ilmiy tinglovchi sifatida boshladi[1].

2011-yil 16-noyabrda D 218.008.05 Kengashida 05.22.07 kodi bilan — Sankt-Peterburg davlat temir yoʻl universiteti temir yoʻllarining harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarning tortilishi va elektrlashtirilishi (texnika fanlari) nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi:" Bortli diagnostika tizimlari yordamida teplovozlarning samaradorligini oshirish"[2].

2012—2013-yillarda - Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti lokomotivlari kafedrasi assistenti.

2013—2018-yillarda - Toshkent temir yoʻl muhandislari institutining lokomotivlar va lokomotiv iqtisodiyoti kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi, dotsenti.

2018-yildan buyon Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti elektromexanika fakulteti dekan muovini sifatida ishlab kelmoqda.

2020-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi.

2020-yil 9-oktyabrdan boshlab MDH Yoshlar parlamentlararo assambleyasining koordinatori hisoblanadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „arxiv nusxasi“. 30-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel 2021-yil.
  2. arxiv nusxasi, 30–aprel 2021–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 30–aprel 2021–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  3. https://iacis.ru/ob_organizatcii/struktura_mpa_sng/molodezhnaya_mezhparlamentskaya_assambleya_sng