Muhammad Umarxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad Umarxoʻjayev (1910.5.1 — Toshkent — 1984) — Oʻzbekiston xalq artisti (1968). 1931—80 yillar Hamza teatrida aktyor. Turdivoy (Uygʻun, I.Sulton, "Alisher Navoiy"), Tixon (A.Ostrovskiy, "Momaqaldiroq"), Doj (U.Shekspir, "Otello"), Saidobid (M.Shayxzoda, "Mirzo Ulugbek"), Zokir (A.Muxtor, "Samandar") kabi rollari bilan tanilgan. Qahramon xarakterini boʻrttirib gavdalantirish, ularni koʻtarinki, joʻshqin ifodalash U. ijodiga xos.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil