Muhammad Tillisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalifa Muhammad Tillisi - liviyalik arab yozuvchisi, tarjimon, tilshunos va siyosatchi.

Xalifa Tillisiy 1930-yil 9-mayda Liviyaning Tripoli shahrida tug‘ilgan.

Siyosiy va ijtimoiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab u o'qituvchi bo'lib ishladi, lekin tez orada siyosatga kirdi. 1952 -yildan Liviya parlamentida ishlagan, 1962 yilda uning Bosh kotibi bo'lgan. 1964-1967 yillarda Mahmud al-Muntasir va Husayn Mozik hukumatlarida axborot vaziri boʻlib ishlagan. 1967- yildan 1969 -yilgacha Liviyaning Marokashdagi elchisi bo‘lgan.

1960- yilda YuNESKO hisobidan Italiyaga italyan adabiyoti bilan tanishish va Neapol universitetida tahsil olish uchun borib, u yerda faxriy doktor unvonini oldi.

1969-yilda Muammar Qaddafiy Liviyani egallab olgach, Tillisi sudlanib, 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

1974-yilda Liviya-Tunis nashriyoti boʻlgan “Arab Book House”ga asos solgan. 1977- yilda Liviya adabiy va yozuvchilar uyushmasining birinchi prezidenti bo'ldi. 1978- yilda Arab Yozuvchilar uyushmasi bosh kotibi etib tayinlandi. 1981 yilda Arab nashriyotlar uyushmasining bosh kotibi bo'ldi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Poetas del Mundo. web.archive.org (24 октября 2007).
  • Перейти обратно:Libya: News and Views : January 2010 ليبيا وطننا : أخبار وآراء : يناير. www.libya-watanona.com.