Muhammad Sakizli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Sakizli
محمد الساقزلي
Liviya Bosh Vaziri
Mansab davri
1954-yil 19-fevral – 1954-yil 12-aprel
Monarx Idris
Oʻtmishdoshi Mahmud al-Muntasir
Vorisi Mustafa Ben Halim
Liviya Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
1954-yil 19-fevral – 1954-yil 12-aprel
Bosh vazir oʻzi
Oʻtmishdoshi Mahmud al-Muntasir
Vorisi Abdul Salam al-Buseiri
Kirenaika amirligi Bosh Vaziri
Mansab davri
1950-yil 18-mart – 1951-yil 24-dekabr
Oʻtmishdoshi Omar Mansour El-Kikhia
Vorisi Independence of Libya
Kirenaika gubernatori
Mansab davri
1951-yil dekabr – 1952-yil may
Oʻtmishdoshi yo'q
Vorisi Hussein Maziq
Mansab davri
1962-yil dekabr – 1963-yil aprel
Vorisi yo'q
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1892-yil
Vafoti 1976-yil 14-yanvar (83–84 yoshda)

Muhammad Sakizli (1892-yil –14 -yanvar 1976-yil [1]) 1950-yil 18-martdan 1951-yil 24-dekabrgacha Kirenaika Bosh Vaziri boʻlib ishlagan inson. U keyinchalik 1954-yil 19-fevraldan 12-aprelgacha Liviya Bosh Vaziri sifatida ham faoliyat yuritgan.

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sakizlining asli turk boʻlgan. Uning familiyasi (Sakizli) Usmonli turk tilidagi Sakiz soʻzidan kelib chiqqan[2].

Kirenaika hukumati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949-yil 1-iyunda amir Idris Kirenaika amirligining mustaqilligini eʼlon qildi. Garchi mustaqillikdan keyin ham Buyuk Britaniya taʼsiri yuqori boʻlgan boʻlsa-da, yangi hukumatni shakllantirish zarur edi. Omar Pasha El Kikhia boshchiligidagi qisqa hukmronlik qilgan hukumat qulagandan soʻng Muhammad Sakizli 1950-yil mart oyida yangi vazirlar mahkamasini tuzdi[3]. 1951-yil 24-dekabrda Qirol Idris I Liviya mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng Sakizlining univoni oʻzgardi. U Kirenaika gubernatori etib tayinlandi va shu lavozimda 1952-yil maygacha faoliyat yuritdi[4]. 1952-yil mayda Sakizli Liviya federal hukumati tomonidan Taʼlim vaziri etib tayinlandi. Keyin 1953-yil sentyabrda lavozimi qirollik byurosining boshligʻiga oʻzgartirildi[5].

Bosh Vazir[tahrir | manbasini tahrirlash]

1954-yil fevralda Sakizliga hukumatni tuzish topshirigʻi topshirildi[5], ammo uning bu huquqi koʻpga choʻzilmadi. 1954-yil 5-aprelda Liviya Oliy sudi 1954-yil 19-yanvarda Tripolitaniya qonunchilik kengashini tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi qirollik buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Bundan soʻng Tripolida Tripolitaniya gubernatori As-Siddig al-Mutassir boshchiligida Qirol Idrisning qarorini bekor qilgan sud qaroriga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi[6].

Tripolida namoyishlar oʻtkazilayotgan bir paytda 7-aprelda Vazirlar mahkamasi chaqirildi va gubernator al-Mutassir sud qarorlarini rad qilgan holda qonunchilik saylovlarini oʻtkazishni davom ettirdi. Soʻng Sakizli Idrisga telefon qilib, hokim al-Mutassirga saylovlarni toʻxtatishni buyuradi, shekilli, qirol bunga rozi emas. Keyingi kun Sakizli isteʼfoga chiqishini talab qiluvchi qirol xabarini qabul qiladi[7].

Vazirlikdan keyingi yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sakizli Liviyada federal tizim bekor qilinganda 1962-yil 26-dekabrdan 1963-yil 26-aprelgacha yana Kirenaika gubernatori etib tayinlanadi[8].

Sakizli 1976-yil 14-yanvarda vafot etadi[9].

Qaydlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „في مثل هذا اليوم رحل الوالي والعميد والوزير محمد السنوسي الساقزلي“.
  2. „Are Libyan Turks Ankara's Trojan horse? - Al-Monitor: Independent, trusted coverage of the Middle East“.
  3. el-Magariaf, vol.1, p.245-246.
  4. el-Magariaf, vol.1, p.249.
  5. 5,0 5,1 el-Magariaf, vol.2, p.229.
  6. el-Magariaf, vol.2, p.261-262.
  7. el-Magariaf, vol.2, p.282.
  8. el-Magariaf vol. 2, p. 287, & vol. 4, p.273.
  9. Salem el Kebti, p. 1544.

Qoʻshimcha havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mustafa Ben Halim, „Safahat Matwiya men Tarikh Libia as Siyasi“, Matabeʼ al-Ahram at Tejariya, Qalyub, Misr, 1992.
  • Mohamed Yousef el-Magariaf, „Libia bain al Madi wal Hadir: Safahat men at Tarikh as Siyasi“, 4 vols., Markaz ad Dirasat al Libiya, Oxford, & Maktabat Wahba 14 al-Gomhuriya street Cairo, 2004–2006.
  • Salem el Kebti, „Libia..Maseerat al Istiqlal..Wathaʼiq Mahalliya wa Dawliya“, part 3-Takween Dawla, Ad Dar al Arabiya lil Ulum Nashiroun, 1st ed., 2012.