Idris
Jump to navigation
Jump to search
Idris — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Rivoyat qilishlaricha, I. yer yuzida 365 yil yashagan. Bu olijanob, taqvodor insonni Alloh "yuksak martabaga koʻtargan" (Qurʼoni karim, 19:56—57). Islomshunoslar I.ni Bibliyadagi Enoh, baʼzan Ezdra kabi afsonaviy shaxslar bilan taqqoslaydilar. U ajal farishtasini aldab, jannatga kirgan va Allohga sadoqati uchun qiyomat kunigacha oʻsha joyda yoki yetti osmonning birida qoldirilgan. I. islom rivoyatlaridagi Ilyos va Xizr hazratlari singari "abadiy barhayot" qisoblanadi. U xat va yozuvni, kiyim tikib, kiyinib yurishni boshlab bergan, yulduzlarga qarab taqdirni aytib berishni, vaqt hisobini bilgan paygʻambardir. Tikuvchilar piri hisoblanadi.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() |