Muhammad Oʻrozboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad Toshevich Oʻrozboyev (1906.20.5, Qoʻqon 1971.9.5, Toshkent) — mexanik olim. Oʻzbekiston FA akad. (1956), Oʻzbekistonda xizmat qoʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960). texnika fanlari d-ri (1947), prof. (1938), Oʻrta Osiyo universitetining ishchi fakultetini (1928), Moskva oliy texnika bilim yurtini (1932), Moskva universitetining mat.mexanika fakultetini (1934) tugatgan. Toshkent toʻqimachilik institutida kaf. mudiri va direktor oʻrinbosari (1936—47), Oʻzbekiston FA Inshootlar instituti direktori (1947—57), Ilmiytexnika davlat qoʻmitasi raisi (1957—61), Toshkent politexnika instituti rektori (1963— 71), Oʻzbekiston FA Prezidiumi aʼzosi hamda Mexanika va boshqarish jarayonlari boʻlimining akad. kotibi (1970—71), "Fan va turmush" jur. bosh muharriri (1970—71).

Asosiy ilmiy ishlari mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi nazariyasiga doir. Oʻzbekistonda seysmik mustahkamlikning dinamik nazariyasi va qobiqlar nazariyasiga oid ilmiy maktab yaratgan, mexanika fanining koʻp ilmiy yoʻnalishlariga asos solgan. Oʻ. paxta terish mashinalariga oid ilmiy tekshirish ishlariga, seysmik mustahkam inshootlar sohasida amaliy va nazariy izlanishlarga rahbarlik qilgan. Davlat mukofoti (1952), Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, Toshkent koʻchalaridan biri Oʻ. nomi bilan atalgan.

Adabiyotlar[tahrir]

Materiallarqarshiligi, 1—2t., 1960— 65; Seysmostoykost gidrouprugix sistem, T., 1966; Nazariy mexanika asosiy kursi, T., 1966; Materiallar qarshiligi asosiy kursi, T, 1973.