Muhammad Nodir Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Nodir Samarqandiy (16-asr oxiri — 17-asr) — musavvir, yirik portretchi. Asli Samarqandlik, keyinroq Hindistonga borib Jahongir (1605 — 27) va Shohjahon (1627—58) saroyida ijod qilgan. M. N. Samarqandiy ijodida Oʻrta Osiyo va Hindiston miniatura maktablari anʼanalari uygʻunlashgan. Portretlarida kishilarning ruhiy holati, ichki olamini yoritishga intilish seziladi. "Savdogarlar Yusufni quduqdan tortib olmoqdalar" (Rossiya milliy kutubxonasida) kabi koʻp shaklli kompozitsiyalar, Jahongir, Shohjahon, shahzoda Doniyol (Britaniya muzeyida) va Husrav (Luvrda), davlat arboblari: Halilulloxon, Izzatxon, Asafxon oʻgʻli Mirzo, Sher Muhammad (Britaniya muzeyida) portretlarini yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil