Muhammad Muxbir
| Muhammad Muxbir Dizfuliy | |
|---|---|
|
| |
|
Mansab davri 20-may 2024-yil – avgust 2024-yil | |
| Oʻtmishdoshi | Ibrohim Raisiy |
| Vorisi | Masʼud Pizishkiyon (saylangan) |
| Oliy Rahnamo | Ali Xomanaiy |
|
Mansab davri 8-avgust 2021-yil – 19-may 2024-yil | |
| Prezident | Ibrohim Raisiy |
| Vorisi | Isʼhoq Jahongiriy |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1955-yil 1-sentyabr Dizful |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | Siyosatchi |
| Dini | Islom shia |
| Ilmiy unvoni |
Magistr |
| Imzosi |
|
Muhammad Muxbir Dizfuliy (forscha: محمد مخبر دزفولی; 1955-yil 1-sentyabr, Dizful) — eronlik davlat arbobi, 2021-yil 8-avgustdan 2024-yil 19-mayga qadar Eronning birinchi vitse-prezidenti. 2024-yil 20-maydan Eron prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchisi.
Bolaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Muxbir 1955-yilda Dizful shahrida tugʻilgan[1]. Xalqaro huquq va menejment fanlari nomzodi va magistr darajasiga ega[2][3].
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eron-Iroq urushi davrida Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining tibbiy korpusida ofitser boʻlib xizmat qilgan. 2021-yil 8-avgustdan 2024-yil 19-maygacha Eronning birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.
Prezidentlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 19-may kuni Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatida Eronning oliy rahbarlari uchib ketayotgan vertolyot halokatga uchraydi. Natijasida 6 kishi, jumladan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon halok boʻladi. 2024-yil 20-may kuni qonunchilikka asosan Muhammad Muxbir 50 kun muddatga Eron prezidenti vazifasini bajaruvchisi etib tayinlanadi.
Sanksiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
2010-yil iyul oyida Yevropa Ittifoqi Muhammad Muxbirni „yadroviy yoki ballistik raketa faoliyati“ masalasiga aloqadorlikda ayblanib, sanksiya qoʻyilgan jismoniy va yuridik shaxslar roʻyxatiga kiritdi. Ikki yildan soʻng u qayd etilgan roʻyxatdan chiqariladi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „بیوگرافی : محمد مخبر (1334-)“.
- ↑ Mohammad Mokhber snn.ir Retrieved 14 avgusta 2020
- ↑ In the 1990s, Mokhber became the CEO of Dezful Telecommunications in his hometown, then later the deputy governor of Khuzestan Province. [https://www.unitedagainstnucleariran.com/mohammad-mokhber-first-vice-president-of-iran Mohamad Mokhber is going to Execution of Imam Khomeini’s Order] (Wayback Machine saytida 2022-11-16 sanasida arxivlangan) ictna.ir Retrieved 14 avgusta 2020
- ↑ Special Report: Khamenei’s conglomerate thrived as sanctions squeezed Iran — Mohammad Mokhber reuters.com Retrieved 16 avgusta 2020


