Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Kozim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Kozim (1720/21, Marv — 1753) — Eron tarixchisi, vazir, Nodirshohning akasi Ibrohimxon saroyidagi amaldor oilasida tugʻilgan. Otasi va M.K. Nodirshoh va uning oʻgʻillari saroyida xizmat qilishgan. M.K. Nodirshohning katta oʻgʻli Rizoquli Mirzo saroyida lashkarnavis (1739— 41) boʻlib, Nodirshoh saroyida devon xizmatchisi (1744—47) va 1747-yil Marvdagi qurol-aslaha vaziri boʻlgan. Nodirshohning harbiy yurishlarida qatnashgan hamda uning turli topshiriqlarini bajargan xonga yaqin toʻralardan biri hisoblangan. M. K. "Nomai olamaroi Nodiri" ("Mashhur Nodir-shohga bagʻishlangan risola") nomli asar muallifi. Asar 3 jilddan iborat. 1jidd — Erondagi asosiy voqealar, 1689—1736-yillardagi Nodirshohning tugʻilganidan to Eron shohi etib saylangan davrigacha mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bayon etilgan. 2jild — Eron, Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo, Shimoliy Hindiston va boshqa mamlakatlardagi voqealarni (1736—43) (Nodirshohning taxtga oʻtirishidan, Shirvondagi qoʻzgʻolonning bostirilishigacha boʻlgan davrni) oʻz ichiga oladi. 3jild — Eron, Oʻrta Osiyo, Turkiya va Zakavkazyedagi siyosiy voqealar yoritilgan (1743—47). M.K.M. ning asari Eron va Oʻrta Osiyoning 18-asr yarmiga oid muhim manbadir.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil