Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Joʻgiy Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirzo Abdullatifning oʻgʻli Muhammad Joʻqiy ibn Abdullatif bilan adashtirib yubormang.

Muhammad Joʻgiy Mirzo (1402—1444) — temuriy shahzoda. Shohruxnint oʻgʻli. Onasi — Gavharshodbegim. 1433-yil Garmsir viloyati hokimi, 1443-yildan Balx hokimi. 1419-yil Moʻgʻuliston xoni Shamʼi Jahrnning qizi Mehr Nigor ogʻoga uylangan. 1427-yil 15fev.da otasining topshirigʻiga koʻra, Baroqxonga qarshi harbiy yurish qilgan akasi Ulugʻbekka yordam berish uchun Hirotdan qoʻshin bilan otlangan va Samarqanddan Sigʻnoqqa boradigan yoʻlda unga qoʻshilgan. Sigʻnoq yaqinidagi qirlarda son jihatdan koʻp boʻlsada, raqibga nisbatan tegishli xavfsizlik tadbirlarini koʻrmagan shahzodalar Baroqxon qoʻshinidan magʻlubiyatga uchrashgan. Ulugʻbekning shu yilning aprel

da uyushtirgan qayta yurishida M.J.M. betobligi sababli Samarqandda qolgan. Shohruxning M.J.M. ni oʻziga valiaxd qilish niyati bor edi, lekin Hirotda amaldagi hokimiyat Gavharshodbegim qoʻlida boʻlib, devondagi muhim masalalarni hal qilishga uni yaqinlashtirmas edi. M.J.M. koʻp vaqtini Hirotda oʻtkazgan, otasining Gʻarbiy Eronga qilgan yurishlarida qatnashgan. Hirotdagi Gavharshodbegim madrasasidagi Boysunqur maqbarasiga dafn etilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil