Muhammad Davletshin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Gabdulgalimovich Davletshin (1923.11.11, Orenburg shahri — 2011) — psixolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975), psixologiya fanlari doktori (1972), professor (1972). Nizomiy nomidagi.Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1952). 1956-yildan shu institutda katta oʻqituvchi, keyinchalik dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1957—68), psixologiya kafedrasining mudiri (1968—2001), kafedra professor (2001-yildan).. Ilmiy ishlari umumiy, pedagogik psixologiya, yosh psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya muammolariga bagʻishlangan. "Shuhrat" medali bilan takdirlangan (1994).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ijtimoiy psixologiya muammolari va ularni odamlar bilan ishlashda qoʻllash, T., 1990; Qadimgi Sharq davlatlarida psixologik fikrlarning rivojlanishi, T., 1995.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]