Muhammad Buxoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Buxoriy (toʻliq nomi Muhammad Said binni Mirzo Buxoriy, 17-asr) — musavvir; Kamoliddin Bexzod, Maxmud Muzaxxib, Muhammad Murod Samarqandsh anʼanalarining davomchisi. M.B. yaratgan miniatyuralar adabiy asarlarning, tasviriy bayoni boʻlishi bilan birga mahalliy xalqning koʻchmanchilik turmushi, qishloq hayotining badiiy ifodasi sifatida ham qimmatli. Jumladan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshu-noslik institutida saqlanayotgan Durbekning "Yusuf va Zulayho" dostoniga ishlagan 5 ta moʻʼjaz rasmlari saqlangan. M.B. rasmlaridan biri "Yusuf va uning ogʻalari" (1616) asarida tiniq ranglar, asar syujetining aniq tafsiloti orqali monumental ruhdagi miniatyura yaratishga muyassar boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil