Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Arab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Arab (15-asr) – xurosonlik shayx va forsiygoʻy shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida va “Nasoyim ul-muhabbat”da 680-raqam ostida tilga olingan.

Alisher Navoiy uning dastlab olim va donishmand kishi boʻlgani, keyinchalik ruhiy ahvolida oʻzgarish sodir boʻlib, saltanat daʼvosida uyida isyon qilish uchun qurol-aslaha saqlaganlikda ayb­lanib, podshoh shahardan surgun qilganligi haqida maʼlumot beradi. Seyis­tonga borib, u yerda oʻzi tuzgan podshohlik qoidalari asosida “Shohnoma” asarini bitadi va shu yerda vafot etadi. “Majolis un-nafois”da uning “Shohnoma”sidan quyidagi bayt keltirilgan:

Kase mahrami shah ba juz shoh nest,

Zi ahvoli shah juz shah ogoh nest.

(Mazmuni: Shohga shohning oʻzidan bosh­qa mahram yoʻq, shoh ahvolidan shohdan boshqa ogoh yoʻq)[1][2][3].

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat. 
  3. Majolis un-nafois.