Mugʻxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mugʻxona, qurum, mugʻtosh — 1) otashparastlar qarorgohi; 2) oʻtov shaklida toshdan yasalgan qabr inshooti (miloddan avvalgi 3—2 — milodiy 5—6-asrlar). Namangan viloyatidagi Kosonsoy yaqinidan topilgan M. Shim. Fargʻonaning yarim oʻtroq qabilalariga mansub. Inshoot devorlari siniq va yupqa toshlardan qorishma ishlatilmay oval shaklida (5x8,5 m) qurilgan. Ichki xonaning chiqish tuynugi boʻlib, toshtaxta bilan berkitib qoʻyilgan. M.dan odam suyaklari, tuvak, koʻza, dastali piyola, qilich, pi-choq, jez va temir oʻq uchi, jez koʻzgu, zirak, uzuk, munchoq, nafis moʻychinak va boshqa topilgan. Idishlar qizil, qora angob bilan tirnab hoshiyalangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil