Mufta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mufta (nem. Muffe) (texnikada) — vallar, tishli gʻildiraklar, trubalar, kabellarni bir-biriga ulash uchun ishlatiladigan detal yoki uzel. Doimiy biriktiruvchi M.; boshqariladigan yoki ilashma M.; oʻz-oʻzidan boshqariladigan (avtomat) M.; sirpanma M. va maxsus M.larbor. Doimiy biriktiruv-ch i M.lar vositasida ikki boʻlak val birlashtirilib, bitta yaxlit val xrsil qilinadi. Bunday M.ning qoʻzgʻalmas, qoʻzgʻaluvchan (kompensatsiyalovchi) va elastik (qayishqoq) xillari bor. Vallarni istalgan vaqtda ulash yoki ajratish uchun boshqariladigan (ilashma) M.lar ishlatiladi. Ularning kulachokli yoki friksion xillari bor. Ularni mexanik, gidravlik yoki elektromagnit moslamalar vositasida avtomatik tarzda yoki qoʻlda istalgan vaqtda uzib-ulash mumkin. Sirpanma M.lar sirpanish yuz berganda, mas, yetaklanuvchi yarim M. yetakchi yarim M.dan orqada qolganda ishga tushadi. Ularning gidrodinamik va elektrodinamik xillari bor. Mashinalarning aylanib ishlaydigan detallariga taʼsir etayotgan kuch va moment toʻsatdan ortib ketganda ularni saqlash maqsadida maxsus saqlagich M.lar ishlatiladi. Valdagi kuch va moment moʻljaldagidan oshib ketganda, avvalo M.ning boltlari sinib, vallarni bir-biridan ajratadi. Avtomatik ishlaydigan saklagich M.lar ham bor. Mas, markazdan qochma M.lar yordamida vallar avtomatik tarzda ulanibuzilib turadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Mufta" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil