Mubinjon Baratov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mubinjon Baratov (1933.9.12, Nurota shahri) — faylasuf olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), falsafa fanlari doktori (1972), professor (1973). O‘rta Osiyo davlat universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1956). 1959 - 75 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida ishlagan (1970 — 75 yillarda direktor, ayni vaqtda xorijiy sharq falsafasi sektori mudiri). O‘zbek ensiklopesiyasi Bosh muharriri (1975 — 76). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori (1976 — 80). Toshkent Davlat Universitet huzuridagi Oliy o‘quv yurtlari ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining malakasini oshirish instituti direktori (1980 — 93).1993 yildan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida bo‘lim mudiri. Ilmiy faoliyati O‘rta Osiyo va xorijiy sharq xalqlari falsafasi tarixiga bag‘ishlangan.As: Xorijiy sharq xalqpari ilg‘or ijti-moiy-falsafiy fiqolari ocherklari (monografiya), T., 1971; Hindistonda ijtimoiy fiqolar (hammualliflikda), T., 1973.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil