Muallaq tosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muallaq tosh — Aqso masjidi yaqinidagi Qubbat as-Saxra masjidi ichidagi tosh. Quddus shahri da. Ushbu Muallaq toshning saxdi taxminan 7—8 kv. metr keladi. Uning pastki qismida 2 kishi sigʻadigan gʻorcha bor. Fop ichiga kirilsa 7 kishi sigʻadigan joy boʻlib, u yerga joynamoz toʻshab qoʻyilgan, kirgan odam ikki rakaat namoz oʻqib chiqadi. Ushbu tosh atrofi 1 m balandlikda panjara bilan oʻrab qoʻyilgan. Rivoyatlarga qaraganda, Rasululloh tosh orqali Buroq deb nomlanuvchi ulovga minib Meʼrojga chiqqan. Rasululloh osmonga koʻtarilganida tosh ham orqasidan ergashib, havoga koʻtarilgan-u, paygʻambar "toʻxta" deganida, u yerdan 2 m koʻtarilganicha qolavergan, degan rivoyat mashhur. Musulmonlarga bu toshni muqaddaslashtirish yoki ziyorat qilish buyurilmagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil