Mozaik evolyusiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mozaik evolyusiya - yuksak taksonlarga mansub organizmlar yangi guruxlarining paydo boʻlishida har xil organlar qayta tuzilishining bir xil tezlikda bormasligi. Mozaik evolyusiya ayrim organlar va ular evolyusiyasining mustaqil borishi bilan bogʻliq. Mozaik evolyusiya tufayli "mozaik" belgilarga ega aralash formalar vujudga keladi. Mas, odam ajdodlarida juda erta paydo boʻlgan tik yurishga moslanish belgilari bilan birga bosh miyaning kichik va qoʻlning kalta boʻlishidan iborat maymunlar uchun xos belgilar, arxeopteriksda qushlarga xos belgilar bilan bir qatorda sudralib yuruvchilarga xos belgilar ham boʻlgan. Mozaik evolyusiya prinsipini G.de Bir (1954) arxeopteriksni urganish asosida shakllantirgan. Undan ancha oldin ingliz paleontologi D. Uotson (1919) seymurlar (sudralib yuruvchilar ajdodiga uxshash xayvonlar) tuzilishidagi mozaiklikni aniqlagan. Mozaik evolyusiya prinsiplari u yoki bu darajada barcha organizmlar filogenezida sodir buladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Mozaik evolyusiya" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil