Mount Pulai

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi Jahon urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi Jahon urushi vaqtida, Pulay tog'i bosqinchi Yaponiya imperatorlik armiyasiga qarshi Britaniya Hamdo'stligi qo'shinlarining qal'asi bo'lib xizmat qilgan..Tog'li o'rmonda hali ham qal'a, relslar, tunnellar, samolyotlar qo'nadigan joy va quduqlar qoldiqlari mavjud. Odamlarga Ikkinchi Jahon urushi vaqtidagi tog`ning holati haqida o`rgatish uchun nodavlat notijorat tashkilot(NNT)ning Pulay tog'ini o'rmon urushi yodgorligi sifatida qayta tiklash tashabbusi mavjud.[1][2]

Gunung Pulayning yopilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gunung Pulai - Pulay daryosining manbai bo`lib Kulay, Mukim Pulaiy (Johor Bahru)va Pontian tumanlaridan oqib o`tadi. Xitoyning mineral qazib oluvchi kompaniyasi tomonidan olib borilgan konchilik faoliyati Pulay tog'i etagida hududning tabiiy landshaftini haddan tashqari buzdi. Tog' yaqinidagi mahalliy qishloq aholisi 1986 va 2021 yillar oralig'ida 75 tagacha suv toshqini haqida xabar berishdi.[3] 2001-yilning 26-dekabrida sodir bo'lgan eng muhim loy toshqinida 5 kishi halok bo'ldi va 4 ta uy vayron bo'ldi. Shunday qilib, tog' 2001 va 2015(Pulay tog'i dam olish o'rmoni 1 qayta ochilgan) yillar oralig'ida, tashrif buyuruvchilar uchun yopilgan edi..[4][5]

Diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tog'da Pulay sharsharasi va 1- va 2- Pulay tog'idagi dam olish o'rmonlari mavjud.

Infrastrukturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tog'da uchta telekommunikatsiya minorasi joylashgan. Ikkisi tog' cho'qqisida, uchinchisi esa cho'qqidan bir oz pastroqda joylashgan.[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gunung Pulai War History. „Gunung Pulai War History“.
  2. Gunung Pulai War History. „NGO petition the Johor government“.
  3. Gunung Pulai Mud Flood. „75 flood in 35 years“.
  4. Gunung Pulai Mud Flood. „Worst Mud Flood in History“.
  5. Hutan Lipur. „Gunung Pulai dibuka selepas 15 tahun ditutup“. Utusan Online.
  6. Hiking Gunung Pulai. „The Anatomy of a Mountain“. www.travelledpaths.com.