Mototsikl sporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mototsikl sporti - sportning texnik turi, mototsikl bilan oʻtkaziladigan musobakalar. Motodrom, shosse, trek, otchoparlarda tezlikka erishish (poyga), pastbaland joylarda hayday bilish (kross), yonilgʻini tejash, sunʼiy gʻov qoʻyilgan joylar va shahar harakati sharoitida rul boshqarish, turli oʻyinlar namoyish qilish, tepalikka koʻtarilish, chuqurlikka shoʻngʻish kabilardan iborat. Dastlab 1895-yil Parij—Bordo—Parij yoʻnalishi boʻyicha avtomobil poygasi bilan birgalikda tosh yoʻlda birinchi bor mototsikl poygasi ham oʻtkazilgan. Xalqaro federatsiya — FIM (1904-yil asos solingan, Oʻzbekiston sportning texnik turlari respublika markazi unga 1994-yil qabul qilingan) 60 dan ortiq mamlakatni birlashtiradi. 1924-yildan jahon, 1936-yildan Yevropa chempionatlari oʻtkazib kelinadi.

Oʻzbekistonda Mototsikl sporti 20-asr 40-yillarining oxiri — 50-yillarining boshida ommalasha boshladi. Oʻzbekiston sportning texnik turlari respublika markazi mamlakatda Mototsikl sportiga boshchilik qiladi. Mototsikl sporti uchun koʻplab sport inshoootlari bunyod etilgan. Jizzaxdagi „Navroʻz bulok” avtomotodromi, Surxondaryo viloyatidagi "Qizil mozor" (Jarqoʻrgʻon), Navoiy togʻmetallurgiya kombinatining „NGMK”, Olmaliqdagi „Qalmoqqir”, Zarafshon shahridagi „Zolotinka”, Samarqanddagi „Motodrom-Ulugʻbek”, Toshkent shahridagi „Yunusobod”, Fargʻona shahridagi sport majmui motodromlari va boshqa moto temperaturassalar Mototsikl sporti turlariga ixtisoslashtirilgan. 25 dan ortiq sport klubjamoalari Oʻzbekiston chem-pionati va kubok musobaqalarida qatnashadi. Mototsikl sportini bolalar oʻrtasida keng yoyishga alox.ida eʼtibor beriladi. Bolalar 9 yoshdan boshlab Mototsikl sporti bilan shugʻullanishi va musobaqalarda qatnashishi mumkin. Oʻzbekiston sportchilari xalqaro musobaqalarda, Rossiya, Qozogʻi-ston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirgʻiziston chempionatlarida muntazam ishtirok etadi. 1992-yildan buyen Oʻzbekistonda har yil i motokross boʻyicha koʻp bosqichli respublika chem-pionati, „Enduro” boʻyicha Oʻzbekiston chempionati, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo kubogi musobaqalari oʻtkaziladi. Sportning texnik turlari respublika markazi har yili oʻzining „Supermotokross” sovrini uchun kross tashkil qilish bilan sport mavsumini ochadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil