Kontent qismiga oʻtish

Moskvadagi Iosif Brodskiy haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iosif Brodskiy haykaliDavlat: Rossiya Shahar: Moskva, Novinskiy bulvar, 22 va 28 binolar orasiHaykaltarosh: G. V. Frangulyan Meʼmor: S. A. SkuratovYili: 2011-yil Materiali: bronza, granit

Moskvadagi Iosif Brodskiy haykali2011-yilda Moskvada Novinskiy bulvarida AQSh elchixonasi binosidan uncha uzoq boʻlmagan joyda oʻrnatilgan. Yodgorlik mualliflari haykaltarosh Georgiy Frangulyan va meʼmor Sergey Skuratovdir[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haykaltarosh Georgiy Frangulyan bir necha yil shoir Iosif Brodskiy haykali ustida ishlagan. 2008-yilda yodgorlik bronzadan quyildi va 2009-yilda uni Moskvada Novinskiy bulvarida oʻrnatishga qaror qilindi. Bu yerda valyuta ayirboshlash shoxobchasi boʻlgani sababli yodgorlik uchun joy ajratishga biroz vaqt kerak boʻldi. Haykaltarosh Georgiy Frangulyan oʻz mablagʻi hisobidan yodgorlikni oʻrnatgan. "Brodskiy yodgorligi mening shaharga bergan shaxsiy sovgʻamdir. Hammasi butunlay: poydevor ham, granit ham, haykal ham, — dedi haykaltarosh. 2011-yil 31-may kuni yodgorlikning tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi. Marosimda davlat va jamoat arboblari, taniqli sanʼatkor va yozuvchilar ishtirok etishdi[2].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iosif Brodskiy haykali Amerika elchixonasidan uncha uzoq boʻlmagan joyda oʻrnatilgani bejiz emas edi. Chunki Iosif Brodskiy SSSRda taʼqibga uchragan va AQShga hijrat qilishga majbur boʻlgan. Yodgorlik granit poydevorga oʻrnatilgan koʻp figurali kompozitsiya hisoblanadi. 13 ta yuzsiz sxematik tasvirlangan bronza figuralar hasadgoʻy odamlar va doʻstlarni anglatuvchi ikki guruhga birlashtirilgan[3]. Ularning oldida Brodskiyning relyef figurasi joylashgan. U Amerika elchixonasiga qaragan. Shoirning boshi tepaga qaratilgan, qoʻllari shimining choʻntagiga solingan. U chet el kostyumi va italyan etiklarida ifodalangan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]