Moshxoʻrda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moshxoʻrda — suyuq taom. Masalligʻi va tayyorlash usuliga koʻra, qiymali M., goʻshtli jazlama M., poʻstdumbali M. kabi turlari bor. Goʻshtli yoki poʻstdumbali M. tayyorlash uchun goʻsht yoki poʻstdumba mayda qilib toʻgʻraladi. Piyoz, pomidor, kubik qilib toʻgʻralgan sabzi va boshqa masalliklar dogʻlangan yogʻda yaxshilab qovuriladi, soʻngra suv quyiladi, ziravorlar, yuvilgan mosh solinadi va mildiratib qaynatiladi, mosh ochilgach, tuz va guruch solinadi, yana 20—25 min. qaynatiladi. Tayyor taom olovdan olinib, bir oz "dam yediriladi", soʻngra kosalarda, mayda toʻgʻralgan kashnich, koʻk piyoz, rayhon sepib, dasturxonga tortiladi. Alohida idishda qatiq yoki suzma qoʻyiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil