Kontent qismiga oʻtish

Moshtabiblar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moshtabiblar — Sharq tabobatiga oʻz hissasini qoʻshgan Toshkentlik tabiblar sulolasi. Sulola tarixi uzoq oʻtmishga ega. Rivoyatlarga koʻra, Amir Temurning dardiga ham shu sulolaning bobokaloni Moshtabib malham boʻlgan ekan. Hatto Moshtabiblar ajdodi Amir Temurdan avval Chigʻatoy ulusi davrida ham „Xoʻja xon tabib“ nomi bilan mahshur boʻlganligi haqida hikoya qilinadi. Moshtabiblar sulolasining ulugʻi singan qoʻl yoki oyoqni taxtakachlab gilmoya surib qoʻyish usulidan mohirona foydalangan. Bu usul necha yuz yillardan beri avloddan avlodga oʻtib kelmoqda.
„Moshtabib“ atamasi haqida xalq oʻrtasida bir necha taxminlar bor. Unga koʻra, Haj ibodati niyatida yoʻlga chiqqan tabib bobolarimiz yoʻlda uchragan bemorlarni davolaganlar. „Shoshlik tabib — Shoh tabib“ atamasi balki oʻsha asrlarda rasm boʻlgandir. Boshqa bir tahminlarga koʻra, „Moshtabib“, „Mostabib“, yaʼni singan yoʻki chiqqan joyni moslab va jipslab qoʻyuvchi kabi maʼnolardan kelib chiqgan degan tahminlar bor.
Tarixda nomi qolgan Moshtabiblarning ulugʻlari Azimhoji, Arbobboy, Mutalboy, Muhammad Shukur oʻz davrining olim va ulamolari boʻlish bilan bir qatorda tabiblikda ham shuhrat qozonishgan.
Sulolaning keyingi avlodlari Muhammad Ibrohim (1871—1952), Muhammad Sobir (1900—1966), Abdujabbor Muhammad Sobir oʻgʻli (1934—2006) uzoq yillae davomida Shayxontohur tumanining Gulbozor mahallasida yashab, tabibchilik sohasida faoliyat olib borishgan. Muhammad Sobir oʻgli bemorlarni davolashda oʻz usuli bilan tayyorlagan dori-darmonlar, shuningdek, singan joyni qimirlatmaslik uchun tol novdasidan taxtakach yasab „taxtakachlash“ usulidan foydalangan. Mashhur professor travmatolog Odil Shokirov bilan yaqin hamkorlik qilgan, vrachlarga bemorlarni xalq tabobati usullaridan foydalanib davolash boʻyicha zarur maslahalatlar bergan.[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toʻxliyev, Nurislom, ed (2009). "Moshtabiblar". Toshkent: Ensiklopediya. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. p. 364.