Morten Nordstrand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Morten Nordstrand
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Morten Nordstrand Nielsen
Tavallud sanasi 8-iyun 1983-yil (1983-06-08) (40 yosh)
Tavallud joyi Hundested, Daniya
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Copenhagen (yoshlar murabbiyi)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Hundested IK
Frederikshavn
Lyngby
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2006 Lyngby 93 (87)
2006—2007 Nordsjælland 33 (18)
2007—2012 F.C. Copenhagen 86 (32)
2009—2010Groningen (ijara) 12 (2)
2011Nordsjælland (ijara) 9 (5)
2012—2015 Nordsjælland 56 (10)
2015—2016 AGF 24 (3)
2016—2017 Newcastle Jets 34 (7)
2017—2018 Fremad Amager 29 (5)
Milliy terma jamoa
2007—2009 Daniya 8 (3)
Boshqargan klublari
2018—2020 FC Copenhagen (U17 assistent)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Morten Nordstrand Nielsen (talaffuzi: Morten Nordstrand Nilsen; 1983-yil 8-iyunda Daniyaning Hunnested shahrida tugʻilgan) — daniyalik futbolchi, Fremad Amager futbol klubi va Daniya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nordstrand muxlislar uchun dastxat qoʻymoqda

Nordstrand „Lyngby Boldklub“ futbol klubi bitiruvchisi. 2001-yil oxirida u 17 yoshida Daniya Superligasida ilk jamoa safida debyut qilgan. Mavsum oxirida klub elit ligadan chiqib ketgan, ammo Morten jamoada qolgan va klub yetakchilaridan biriga va uning asosiy zarba beruvchi kuchiga aylangan. Yosh hujumchining ajoyib oʻyini koʻproq nomdor klublarning eʼtiborini tortgan va 2006-yilda Nordstrand Nordsjælland futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Debyut mavsumida u jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan va yozda „Kopengagen“ futbol klubiga oʻtgan. 2007-yil 28-noyabrda UEFA kubogi doirasida Moskvaning "Lokomotiv" klubiga qarshi oʻyinda Morten gol urgan[1]. 2008-yil 18-sentabrda Moskvaga qarshi UEFA kubogi bahsida Nordstrand gol urgan[2]. 2009-yilda u jamoaning chempion boʻlishiga hamda Daniya kubogini yutishda yordam bergan va oʻzi chempionatning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

Oʻsha yilning yozida Nordstrand Gollandiyaning „Groningen“ klubiga ijaraga oʻtgan. U Erediviziyada Heerenveen futbol klubiga qarshi debyut qilgan. Xuddi shu oʻyinda Morten „Groningen“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan.

2010-yilning yozida Nordstrand „Kopengagen“ futbol klubiga qaytgan, ammo 2011-yil boshida u oʻzining sobiq jamoasi „Nordsjaelland“ futbol klubiga ijaraga berilgan. Ijara muddati tugagach, Morten jamoa bilan toʻliq shartnoma imzolagan. 2015-yil boshida Nordstrad „Aarhus Fremad“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan[3]. 15-mart kuni „Akademik“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[4]. 3-may kuni Brøndby futbol klubiga qarshi duelda Morten „Orxus“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[5]. Mavsum oxirida u jamoaning elitaga chiqishiga yordam bergan. 27-iyul kuni „Viborg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Morten klub uchun eng yuqori saviyada debyut qilgan[6].

2016-yil boshida Nordstrand Avstraliyaning „Newcastle United Jets“ jamoasiga koʻchib oʻtgan[7]. Uning A-Ligadagi debyuti 31-yanvar kuni „Adelaide United“ futbol klubiga qarshi boʻlib oʻtgan[8]. 20-fevral kuni Yangi Zelandiyaning „Wellington Phoenix“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Morten „dubl“ni amalga oshirgan va „Newcastle United Jets“ futbol klubi safidagi birinchi gollarini kiritgan[9]. 2017-yilning yozida Nordstrand oʻz Vataniga qaytib, Daniya birinchi divizionidagi „Fremad Amager“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[10]. 30-iyul kuni „Vendsyssel“ futbol klubiga qarshi o'yinda u yangi jamoada debyut qilgan[11]. 27-avgust kuni „Fredericia“ futbol klubiga qarshi bahsda Morten „Fremad Amager“ futbol klubi tarkibidagi birinchi golini urgan[12].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil 20-yanvarda Nordstrand Daniya terma jamoasi safida AQSh terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[13]. 2008-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida Lixtenshteynga qarshi o‘yinda u ikki marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib, terma jamoadagi ilk gollarini kiritgan.

Sana Mamlakat Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2007-yil 12-sentabr Aarhus, DANIYA  Lixtenshteyn 1-0 4-0 EURO-2008 saralashi
2 4-0
3 2009-yil 28-mart Attard, Malta  Malta 3-0 3-0 JCh-2010 saralashi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Локомотив Москва VS. Копенгаген 0:1“ (en). soccerway.com (2007—11—28).
  2. „Москва VS. Копенгаген 1:2“ (en). soccerway.com (2008—09—18).
  3. „Nordstrand til AGF“ (Danish). agf.dk. 2014-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-dekabr.
  4. „Академиск VS. Орхус 0:1“ (en). soccerway.com (2015—03—15). 2015-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.
  5. „Орхус VS. Брёнсхёй 4:0“ (en). soccerway.com (2015—05—03). 2015-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.
  6. „Виборг VS. Орхус 0:0“ (en). soccerway.com (2015—07—27). 2018-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.
  7. „Newcastle Jets net Morten Nordstrand“. Andoza:ALeague NUJ (2016-yil 28-yanvar). 2017-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.
  8. „Виборг VS. Орхус 1:0“ (en). soccerway.com (2016—01—31). 2018-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.
  9. „Ньюкасл Юнайтед Джетс VS. Веллингтон Феникс 3:2“ (en). soccerway.com (2016—02—20). 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.
  10. Fremad Amager-scoop: Snupper Nordstrand , bold.dk, 3 June 2017
  11. „Вендсессль VS. Фремад Амагер 2:0“ (en). soccerway.com (2017—07—30). 2017-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.
  12. „Фредерисия VS. Фремад Амагер 2:3“ (en). soccerway.com (2017—08—27). 2017-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.
  13. „США VS. Дания 3:1“ (en). soccerway.com (2007-yil 20-yanvar). 2017-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.