Mormon Kitobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mormon Kitobi nusxasi.

Mormon Kitobi mormon dinining muqaddas kitobidir. Kitob ilk marotaba 1830-yili AQSHda Kenja Joseph Smith rahnamoligida chop etilgan. Joseph Smith'ga koʻra ushbu kitob Amerika qitʼasida eramizdan avvalgi 600- va eramizning 400-yillari orasida oltin taxtalarga yozib qoldirilgan muqaddas matnlar tarjimasidir.

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mormon Kitobining haqiqatdan ham mormonlar daʼvo qilayotgan makon va zamonga doir ekanligi shubha ostiga olingan va quyidagicha tanqid qilinadi:

  • Koʻpchilik olimlar Mormon Kitobida tasvirlangan joylarning Amerika qitʼasida borligidan shubhalanishadi.[1]
  • Mormon Kitobida tasvirlangan koʻp hayvonlar, oʻsimliklar va qurilmalar Amerikada XV asrdan avval boʻlmagan.[2]
  • Mahalliy Amerika hindulari tillari va Mormon Kitobi asl nusxasi yozilgan til, deb daʼvo qilinuvchi Qadimgi Misr tili, yoki umuman, Yaqin Sharq tillar orasida bogʻliqlik yoʻq.[3]
  • Maya hindularining yozuv tizimi Yaqin Sharq yozuv tizimlariga oʻxshamaydi.[4]
  • Maya solnomalarida Mormon Kitobida bahs etiluvchi shaxslar va voqealar tasvirlanmagan.
  • Amerika hindulari va Yaqin Sharq aholisi DNK tahlili ular orasida aloqa borligini koʻrsatmagan.[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Dialogue: A Journal of Mormon Thought, Michael D. Coe, Yale Universiteti antropologiya fanlari professori.
  2. Does Archaeology Support the Book of Mormon, 2008-03-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2008-06-02
  3. Lyle Campbell. 1979. "Middle American languages," The Languages of Native America: Historical and Comparative Assessment. Ed. Lyle Campbell and Marianne Mithun. Austin: University of Texas Press. Pages 902-1000.
    Lyle Campbell. 1997. American Indian Languages: The Historical Linguistics of Native America. Oxford University Press.
    Jorge Súarez. 1983. The Mesoamerican Indian Languages. Cambridge University Press.
  4. Martha J. Macri. 1996. "Maya and Other Mesoamerican Scripts," The World's Writing Systems. Ed. Peter T. Daniels & William Bright. Oxford: Oxford University Press. Pages 172-182.
  5. Frederika A. Kaestle and David Glenn Smith. 2001. "Ancient Mitochondrial DNA Evidence for Prehistoric Population Movement," American Journal of Physical Anthropology 115:1-12.