Morenali relyef

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Morenali relyef - muzliklar taʼsirida paydo boʻladigan relyef. Muzliklar togʻ jinslarini yemirib, ularni bir joydan ikkinchi joyga koʻchiradi. Chekingan muzliklar yirik (gʻoʻlatosh, harsang toshlar), mayda (shagal) toshlar va qum hamda qumoq jinslarni qoldirib ketadi. Bu yotqiziqlar koʻpdan-koʻp tepalar, chuqurliklar (koʻpincha koʻllar) hosil qiladi. Morenali relyef Rossiyaning Yevropa qismida keng tarqalgan va tuproq qatlami qalin boʻlganidan ancha tekis koʻrinadi. Togʻlarda ham Morenali relyefni uchratish mumkin. Togʻlarda vodiy yon bagʻirlarida morenalardan hosil boʻlgan ayrim va qator tepaliklar ajralib turadi. Oxirgi morena yotqiziqlaridan yoy shaklidagi morena uyumlari va xilma-xil tepaliklar paydo boʻladi. Togʻlardagi morena yotqiziqlarida tuproq qatlami yupqaroq, lekin, unumdor boʻladi. Morenali relyef Oʻrta Osiyo togʻlarida keng tarqalgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil