Morastel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Morastel, Monastel — vinobop kechpishar uzum navi. Vatani — Ispaniya. Fransiyaning jan. va Italiyada oʻstiriladi. 1890—1900 yillarda Qrimga keltirilgan. Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikistonda r-nlashtirilgan. Bargidiam. 15—16 sm, kertikli, toʻq yashil, orqa tomoni siyrak tukli. Guli ikki jinsli. 15—20 mayda gullaydi, iyul oxirida pishadi. Uzum boshi 175—200 g , silindrsimon, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi dumaloq, toʻq zangori, usti mumgʻubor bilan qoplangan, poʻsti oʻrtacha qalinlikda, eti sersuv, shirin. Faol harorat yigʻindisi 3100— 3200° boʻlganda 140—150 kunda pishadi. Tarkibida 30% gacha qand bor. Hosildorligi 100—150 s/ga. Oʻzbekistonning koʻpchilik viloyatlarida ekiladi. Uzumidan qizil portveyn va kagor desert vinolari tayyorlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil