Kontent qismiga oʻtish

Moon Knight

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Moon Knight
Fayl:Moon Knight (miniseries) logo.jpg
Rejissyor(lar)
  • Mohamed Diab
  • Justin Benson
  • Aaron Moorhead
Rollarda
Bastakor(lar) Hesham Nazih
Chiqarilgan sanasi 30-mart – 4-may 2022-yil
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti 147.9 million dollar[1]

Moon Knight — Jeremy Slater tomonidan yaratilgan va Disney+ tomonidan namoyish etilgan amerika televizion miniseriali. U Marvel Comicsga asoslangan boʻlib, shu nomdagi qahramonni tasvirlaydi. Bu Marvel Kino Olamining (MCU) oltinchi televizion seriyalidir. Serialda bosh qahramon ikkita shaxsiyatga, Marc Spector va Stiven Grant, shaxsiyatlariga ega boʻladi. Ular Misr xudolari bilan bogʻliq boʻlgan sirni yechishga jalb qilinadi. Slater bosh yozuvchi sifatida, Mohamed Diab esa rejissyorlar jamoasiga rahbarlik qilgan.

Oscar Isaac Marc Spector (Moon Knight) va Steven Grant (Mr Knight) rollarini ijro etgan. Shuningdek, May Calamawy, Karim El Hakim, F. Murray Abraham, Ethan Hawke, Ann Akinjirin, David Ganly, Khalid Abdalla, Gaspard Uliel, Antonia Salib, Fernanda Andrade, Rey Lucas, Sofia Danu va Saba Mubarak ham asosiy rollarda ishtirok etishgan. Serial suratga olinishi 2019-yil avgustda eʼlon qilingan boʻlib, noyabr oyida Slater loyihaga jalb etilgan. 2020-yil oktyabrda Diab toʻrtta qismni suratga olish uchun taklif qilingan. 2021-yil yanvarda esa rejissyorlar juftligi Justin Benson and Aaron Moorhead qolgan ikki qismni boshqarish uchun jamoaga qoʻshilishgan. Oʻsha paytda Isaacning bosh rolni ijro etishi tasdiqlangan; u Spektorning turli shaxsiyatlarini ajratib koʻrsatish uchun turli xil talaffuzlardan foydalangan. Suratga olish ishlari 2021-yilning aprelidan oktyabrigacha asosan Budapeshtda, shuningdek Iordaniya, Sloveniya va AQShning Atlanta shahrida olib borilgan.

„Moon Knight“ seriali 2022-yil 30-martda efirga uzatilgan hamda olti qismdan iborat boʻlib, 4-mayda yakunlangan. U MCUning toʻrtinchi fazasiga kiradi. Serial ijobiy fikrlarga sazovor boʻlgan. Ayniqsa aktyorlarning mahorati (xususan, Isaac, Calamawy va Hawke ijrolari), avvalgi MCU seriallariga nisbatan vahshiyroq uslubda ekanligi hamda dissociative identity disorder (DID) tasvirlashdagi yondashuviga alohida eʼtibor qaratilgan.

Marc Spector, dissociative identity disorder(DID) boʻlgan bir yollanma harbiy. U turli shaxsiyatlar bilan jumladan Steven Grant bilan birgalikda, Misr xudolari bilan bogʻliq oʻlimga olib keladigan sirli voqeaga jalb qilinadi[2].

Oscar Isaak Marc Spector (Moon Knight) / Steven Grant (Mr. Knight) hamda Jake Lockley rolida:

May Calamawy Layla El-Faouly ( Scarlet Scarab) rolida:

Karim El Hakim va F. Murray Abraham Khonshu rolida:

Ethan Hawke Arthur Harrow rolida:

Ann Akinjirin Bobbi Kennedy rolida:

David Ganly Billy Fitzgerald rolida:

Khalid Abdalla Selim rolida:

Gaspard Ulliel Anton Mogart rolida:

Antonia Salib Taweret rolida:

Fernanda Andrade Wendy Spector rolida:

Rey Lucas Elias Spector rolida:

Sofia Danu va Saba Mubarak Ammit rolida:

  1. Reid, Caroline „Marvel's 'Moon Knight' Comes In On Budget“. Forbes (2023-yil 30-sentyabr). 2023-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.
  2. Tapp, Tom „Full-Length 'Moon Knight' Trailer Reveals Superhero Transformation & Marvel Series' Disney+ Debut Date“. Deadline Hollywood (2022-yil 17-yanvar). 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-yanvar.