Montjuik teleminorasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Montjuik teleminorasi
kataoloncha. Torre de Comunicacions de Montjuïc
Umumiy maʼlumot
Turi Teleminora
Joylashuvi  Ispaniya, Kataloniya, Montjuik tepaligi
Qurilishi boshlangan 1989-yil
Qurilishi tugagan 1992-yil
Balandligi
Tomi 136 m
Texnik holati
Material Zanglamas poʻlat
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Santyago Kalatrava
Quruvchi Telefonica
Montjuik teleminorasi

Montjuik teleminorasi (ispancha: Torre de telecomunicaciones de Montjuic; kat. Torre de Comunicacions de Montjuïc) - teleminora Ispaniya, Kataloniya avtanom viloyatidagi, Sants-Montejuik hududidagi Montjuik tepaligida joylashgan. Calatrava minorasi yoki Telefonika minorasi sifatida ham tanilgan.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teleminoraning qurilishi 1989-yilda boshlangan boʻlib uning tantanali ochilishi uch yildan soʻng - 1992-yilgi Olimpiya oʻyinlarining boshida boʻlib oʻtdi. Teleminora balandligi 136 metrni tashkil qiladi. Neo-futuristik uslubdagi bino Santyago Kalatrava tomonidan ishlab chiqilgan[1]. Zanglamas poʻlatdan yasalgan minora Olimpiada bogʻida[2] Telefónica teleradiokompaniyasi ehtiyojlari uchun qurilgan. Teleminora Olimpiya olovini ushlab turgan sportchini ifodalaydi. Minora shaklining boshqa talqinlari - suvga kirayotgan kitning dumi va tortilgan kamon ipidagi nayza. Minora poydevori kafel parchalaridan iborat "singan mozaika" - trenkadis bilan qoplangan[3].


2006-yilda Formula 1 boʻyicha Ispaniya Gran-prisi gʻolibiga Monjuik teleminorasining haykalchasi berilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Телебашня Монтжуик(ingl.) на сайте calatrava.com
  2. Олимпийское кольцо Монтжуика на картах Google
  3. Хавье Гарсиа Альгарра. De Gran Vía al Distrito C. El patrimonio arquitectónico de Telefónica (2012). Глава «6.5.2 Metamorfosis en torno al 92», стр. 585—587

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]