Monotipiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Monotipiya (mono... va yun. tupos — nusxa) — bosma grafika turi. Bosma qolip (forma)ning tekis yuzasiga boʻyoqni bevosita qoʻlda surkab ranglanadi. Soʻng shu qolipdan maxsus dast-gohda bosiladi, qogʻozga bosilgan bu nusxa doim yagona (noyob) nusxa hisoblanadi. M. usulida yaratilgan asarlar ranglar uygʻunligining nozikligi, nafisligi bilan akvarelga oʻxshab ketadi. M. 17-asrdan maʼlum, fakat 19-asrdagina keng tarqaldi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil