Monosom tahlil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Monosom tahlil - genetik ta-dqiqot usuli; aneuploidiya hodisasi tiplaridan biri — monosomiyaga (qarang Geteroploidiya) asoslangan. Genotipdagi ayrim xromosomalarning irsiy ahamiyatini aniqlashga xizmat qiladi. Monosomiklar tashqi va ichki (fiziologik, genetik) omillar taʼsirida xromosomalarning qut-blarga tarqalishidagi buzilishlar tufayli vujudga keladi. Bunday buzilishlar ham somatik, ham jinsiy hujayralarda boʻlishi mumkin. Shuning uchun monosomiklar mitotik va meyotik boʻladi. Biroq gomologik xromosomalarning qutblarga tarqalmasligi meiozaa, yaʼni gomologik xromosomalarning konʼyugatsi-yalanish va bivalentlar hosil qilish jarayonida koʻproq yuz beradi, chunki bunda bivalent batamom bir hujayraga oʻtib ketishi tufayli ikkinchi hujayrada yetishmovchilik kuzatiladi. Monosom tahlil hayvon va oʻsimliklar genetikasida qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil