Monosillabizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Monosillabizm (mono... va yun. syllabe — boʻgʻin) — maʼlum bir tilda soʻzlar (leksemalar)ning bir boʻgʻinli boʻlishi. Bu xususiyat tillarni tipologik (lekin genealogik emas) jihatdan tasniflash uchun asos boʻladi.M. koʻpgina xitoptibet tillari uchun xos xususiyatdir. Qad. turkiy soʻzlar arxitektonikasi ham uning oʻzak morfemasi bir boʻgʻinli ekanligini koʻrsatib turadi(mas, bor, ol, qoch, tor).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil