Monorels yoʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Monorels yoʻl - yoʻnaltiruvchi balkasi (monorelsi) bitta tayanchda yoki estakadada joylashadigan transport tizimi; yoʻlovchilar tushgan vagonlar va kj ortilgan vagonetkalar osma (yakka) rels boʻylab harakatlanadi. Monorels yoʻlning vagonlar monorelsning ustida va ostida harakatlanadigan xillari bor (rayem). Yoʻlovchilar Monorels yoʻl — elektr yuritma, pnevmatik yoki rezinalangan yoʻnaltiruvchi gʻildiraklar bilan taʼminlanadi. Shovqinsiz harakatlanadi. Vagonlarga 120—140 kishi sigʻadi. Tezligi 240 km/ soatgacha boradi. Yuk Monorels yoʻl — sanoat korxonalarida sanoat transport vositasi (sex ichida va sexlararo) sifatida ishlatilib, bir necha km gacha uzunlikda boʻlishi mumkin. Bunda harakat, yuklarni ortish va tushirish ishlari avtomatik boshqariladi. Vagonetkalarning yuk koʻtariluvchanligi — 0,2 — 2t (baʼzan, 5 t), tezligi — 2–4 km/soat. Nisbatan yuqori tezlikka erishish mumkinligi, harakatdagi xavfeizligi, yoʻlni qisqa yoʻl boʻyicha oʻtkazish mumkinligi, yoʻl yotqizishning joy tanlamasligi, metall kam sarf boʻlishi va energiya yuqori tejalishi, toʻla avtomatlashtirish imkoni borligi tufayli Monorels yoʻl sanoatda ishlatiladigan, shaharda, shahar atrofida qatnaydigan transportning rivojlangan turi hisoblanadi. Shaharlararo qatnovda havo yostigʻidan foydalanib harakatlanish qoʻllaniladi. Monorels yoʻl Germaniya, AQSH, Fransiya, Yaponiya, Shveysariya, Kanada, Italiya va boshqa mamlakatlarda qurilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil