Monopoliyaga qarshi qonunchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Monopoliyaga qarshi qonunchilik — davlatning monopoliyaga karshi kurash siyosati. Dunyo tajribasiga koʻra, Monopoliyaga qarshi qonunchilikq., asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortigʻini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum cheklangan miqdoridan ortigʻiga ega boʻla olmasligi belgilab qoʻyiladi. Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta karshi qonunlar joriy qilinadi.

Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oddindan shakllanib boʻlgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga qaratilgan. Bozorda monopoliyani oʻrnatishga urinishlar va monopol mavqeni suiisteʼmol qilishni taqikdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun — Sherman qonuni AQShda 1890 yilda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilikq. va uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan choratadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Rivojlangan barcha davlatlarda sogʻlom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli koʻrinishdagi, monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi. Mac, AQShda monopoliyaga qarshi davlat siyosati — Federal savdo komissiyasi va Adliya departamentining trestlarga qarshi boshqarmasi, Rossiyada — Monopoliyaga qarshi siyosat va tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash vazirligi, Yaponiya va Jan. Koreyada — Halol raqobat boʻyicha komissiya, Yevropa Ittifoqida esa — Raqobat boʻyicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekistonda monopoliyaga qarshi organ 1992 yil da Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Monopoliyaga karshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil qilindi. 1996 yil 15 mayda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzurida Mo-nopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. 2000 yil 2 avg .da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarilib, mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi.

Oʻzbekiston davlatining raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy oʻrin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk oʻz egalari qoʻliga topshirilsa, ikkinchidan, koʻp ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muxiti vujudga keladi.

Raqobatni shakllantirishda iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak boʻlgan sohalardagi korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xoʻjalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish muhim oʻrin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin boʻlishini, ularning faoliyati tijoratlashgan boʻlishini nazarda tutadi. Bozor iqtisodi-yotiga oʻtish davrida raqobatning asosiy usuli narx boʻlganligi sababli, narxlarni erkin qoʻyib yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning asosiy talabi hisoblanadi. Shu maqsadda Oʻzbekistonda "Monopolistik faoliyatini cheklash toʻgʻrisida"gi qonun (1992 yil 3 avg .) qabul qilindi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga karatilgan bir turkum normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga koʻra, bozorda ataylab takchillik yaratish, narxlarni mo-nopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga toʻsqinlik qilish, raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi.

Hozirgi davrda Oʻzbekistonda, agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq boʻlsa, bu korxona monopolist korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi (oziqovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% qilib belgilangan).

Respublikada monopoliyalar roʻyxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeini tartibga solishda bir qator usullardan: a) monopol mav-qedagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellik chegarasini belgilab qoʻyish; b) oʻz monopol mavqeini suiisteʼmol qilgan monopolik birlashmalarni bulib tashlash yoki maydalashtirish usullaridan foydalaniladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilarning hu-qukdarini himoya qilish tugʻrisida" (1996 yil 26 aprel) qonuni asosida gʻirrom raqobatga, shu jumladan, bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarning kirishiga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar bozorlarida monopolistax faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" qonuni (1996 yil 27 dek.) monopolistlar tomonidan hukmronlik mavqeini suiisteʼmol qilishning oldini olish va mo-nopoliyadan chiqarish va sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadlarini koʻzlaydi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqdarida raqobat muhitini shakllantirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Bu tarmoqdagi korxonalar, odatda, "tabiiy monopoliyalar" deb ataladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida"gi qonunida (1997 yil 25 apr; yangi tahrirda 1999 yil 19 avg .) respublikada tabiiy mo-nopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining huquqiy asoslari belgilab berildi. Oʻzbekistonda iktisodiy islohrtlarning tub mohiyatidan kelib chiqqan holda monopoliyalarga qarshi va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilib, ularning Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan qonunchilik andozalariga mos kelishi taʼminlab borilmoqda.

Salimjon Doʻsmatov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil