Kontent qismiga oʻtish

Monopol renta

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Monopol renta — koʻchmas mulk egalarining oʻz mulkini ijaraga berishdan oladigan daromadi; ijara haqi shakli. Monopol rentani yer va boshqa koʻchmas mulk — binolar, inshootlar, turar joy va turli xoʻjaliklar beradi. Monopol rentaning asosiy manbai mulkni ishlatuvchi (ijaraga oluvchi) topadigan daromad hisoblanadi. Bu daromadga mulkni ishlatuvchiga tegadigan daromad va mulk egasiga tegadigan daromad boʻlinadi. Ammo Monopol rentani har qanday mol-mulk emas, balki noyobligi bilan boshqalardan farqlanuvchi va qoʻshimcha naf keltiruvchi mol-mulk hosil etadi. Masalan, ep hosildorligining yuqori boʻlishi; yer osti va yer ustidagi tabiiy boyliklarni qazib olishga ketadigan sarf-harajatning kamligi, kommunikatsiya bilan taʼminlanganligi, geografik qulay joylashuvi, qurilgan bino-inshootlarning ekologik toza zonada boʻlishi va boshqa Mazkur noyoblik koʻchmas mulkka boʻlgan talabni oshiradi, ijara haqini boshqalarnikidan yuqori qiladi. Bunda real ijara haqi odatdagi ijara haqiga ustama (noyoblik haqi)ni qoʻshib qisoblanadi. Koʻchmas mol-mulkning noyobligi abadiy emas, vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi. Shunga koʻra, Monopol renta bir hosil boʻlsa, bir yoʻqolib turadi. Mas, yerda boy qazilmalar topilganda Monopol renta vujudga keladi, ular ishlatib boʻlingach, yerning nafliligi qolmaydi, natijada Monopol renta yoʻqoladi.

Xidirnazar Allaqulov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil