Monoplakoforalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Monoplakoforalar (Mopoplacophora) — chigʻanokli mollyuskalarning eng tuban tuzilgan sinfi. Qazilma holda Kembriydan Devongacha uchraydi. Birinchi tirik vakili neo-pilina 1952 yilda topilgan. Hozir 8 turi maʼlum. Tanasi qalpoqchaga yoki yassi spiralga oʻxshash chigʻanoq bilan qoplangan. Mantiya boʻshligʻida 1 juftdan 8 juftgacha boʻlgan muskullar joylashgan. 5—6 juft patsimon jabralari qorin tomondagi mantiya egatchalarida joylashgan. Buyraklari 6 juft. Yuragi 2 tadan qorincha va boʻlmachadan iborat. Qon aylanish sistemasi tutashmagan. Muvozanat sakdash organi bor. Ayrim jinsli, jinsiy bezlari juft. Suv tubida 200–700 m chuqurlikda uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil