Monokristall

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Monokristall

Monokristall — kristall panjarasn tartibli, maʼlum simmetriyaga ega (toʻgʻri koʻp yoqli), anizotrop xossali bitta kristall. Koʻpchilik qattiq jismlarning M.dan farqi shundaki, ular mayda kristall va kristallitlardan tarkib topgan polikristallitlardir. M. maʼlum temperatura, bosim va kimyoviy tarkibli suyuq, qattiq, gazeimon moddadan hosil boʻladi (mas, flyuorit, ftorli litiy va boshqalar). M. olish uchun reaktiv toza boʻlishi, tashqi sharoit va temperatura oʻzgartirilmasdan saqlab turilishi kerak.

M. moddani eritish, eritma hosil qilish, gaz va qattiq holga keltirish jarayonlari orqali hosil qilinadi. Bu holatlarni hosil qilish usullari juda koʻp boʻlib, ularni tanlashda moddaning fizik va kimyoviy xossalari eʼtiborga olinadi. Erishi qiyin boʻlgan moddalar (molibden, volfram)dan M. olish juda qiyin. M. olishda paydo boʻlgan asosiy nuqson vakansiyalar va dislokatsiyalarsir. M, sekin hosil qilinganida vakansiya ortsa, tez hosil qilinganida dislokatsiya ortadi. Dislokatsiya ortganida mozaik (rangdor) kristall hosil boʻladi. M. xalq xoʻjaligida, radioelektronika, akustika, hisoblash texnikasi va h.k. da ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil