Monofaglar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Monofaglar (mono... va yun. phagos — yeb qoʻyuvchi) — oziklanishga oʻta ixtisoslashgan, yaʼni faqat bir tur ozuqa bilan yashashga moslashgan organizmlar. Hasharotlar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar va yumshoq tanlilar orasida M. koʻp uchraydi. Hasharotlardan yaydoqchi afelinus (Aphelinus mali Hald.) faqat qon bitlarida, psevdafikus (Pseudaphycus malinus Gah.) esa komstok qurtida parazitlik qiladi. Sugʻorma dehqonchilik biotsenozida uchraydigan zararkunandalar sonini kamaytirishda katta xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan entomofag M.dan Stethorus punctillum Wse., Scolothrips acariphagus Takh., Orius (Triphleps) albidipennis Reut. — oʻrgimchakkana yirtqichlari; Apanteles congestus wees, Microptilis spectabills Hal., Rhogas dimidiatus Spin., Sinophorus xantostomus Grav., Barylypa hemeralis Brauns va boshqa — kuzgi tunlam yirtqichlari; Habrobracon hebetor Say., Apanteles kazak Tel., Anilasta prinzi Meyer., Barylypa chloratica Meyer — gʻoʻza tunlaminint parazitlaridir (yana q. Parazit hasharotlar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil