Kontent qismiga oʻtish

Monetochka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Monetochka
Tavalludi Елизаве́та Андре́евна Гырды́мова
1-iyun 1998-yil
Janrlar pop rok
Kasbi Qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi, musiqachi, bastakor
Faoliyat yillari 2015-hozirgacha
Leybllar M2, The Orchard
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Turmush oʻrtogʻi Q110421555?[1]
Veb-sayt https://monetochka.world/

Monetochka (haqiqiy ismi – Yelizaveta Andreyevna Girdimova; 1998-yil 1-iyun, Yekaterinburg) – rossiyalik qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va musiqachi. Yelizaveta 2016-yilda maktab oʻquvchisi sifatida ijtimoiy tarmoqda oʻzining birinchi „Psixodelicheskiy klaud-rep“ albomini nashr etganida ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortdi[2]. 2018-yilda chiqarilgan „Raskrazki dlya vzroslix“ nomli birinchi studiyaviy albomi xonandaga Rossiyada ommaviy mashhurlikni olib keldi. Hammasi boʻlib, Monetochka diskografiyasi uchta studiya albomini oʻz ichiga oladi.

1998-yil 1-iyunda Yekaterinburgda tugʻilgan. Otasi Andrey Yevstigneyevich Girdimov kasbi quruvchi, onasi Yelena Aleksandrovna Girdimova turistik kompaniyada ishlaydi[3][4].

Bolaligidan sheʼr yozishga qiziqqan va oʻsmirlik chogʻida oʻz ijodini Stihi.ru[5] saytida nashr etgan. 2005-yilda Yekaterinburgdagi 32-sonli maktabning birinchi sinfiga alohida fanlarni (shu jumladan musiqa va adabiyot) chuqurlashtirib oʻqishga kirdi va u yerda 9 yil davomida fortepiano sinfida umumiy va musiqiy taʼlim oldi[6].

2014-yilda Ural federal universitetining ixtisoslashtirilgan oʻquv-ilmiy markazining oʻninchi sinfiga oʻqishga kirdi. Oʻn birinchi sinfni tugatgandan soʻng, 2016-yilda Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutiga (VGIK) sirtqi taʼlim shaklida „ishlab chiqarish“ mutaxassisligiga oʻqishga kirdi[7]. Yelizavetaning VGIKni tanlashiga sabab uning klassik kinematografiyaga boʻlgan muhabbati edi[8].

2016-yil sentyabr oyidan boshlab VGIKda oʻqishni davom ettirdi va birinchi amaliyotini oʻz vatani Yekaterinburgda „ETV“ telekanalida oʻtkazdi va u yerda shoira Aleksandra Aksyonova bilan qoʻshma loyihalarni ishlab chiqdi[9].

2015-yil oxirida Yelizaveta Girdimova birinchi marta „Monetochka“ taxallusi bilan oʻzi yozgan va ijro etgan qoʻshiqlarni yozib oldi va „VKontakte“ ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirdi. Kompozitsiyalar uy sharoitida sintezator joʻrligida yozilgan. 2016-yil yanvar oyida oʻzining YouTube kanaliga qoʻshiqlarni jonli ijro etib videolarini joylashtirishni boshladi[10].

  1. (unspecified title)
  2. „Новая музыка: Монеточка — нарочито примитивные песни подростка обо всём самом важном“ (ru). Furfur (2016-yil 25-yanvar). 2017-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-aprel.
  3. Илья Давыдов, Максим Бутусов, Мария Черных. „Юная звезда интернета Лиза Монеточка исполнила свои песни в прямом эфире Е1.RU“. e1.ru (2016-yil 5-fevral). 2017-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-iyul.
  4. „«Одна из лучших наций на свете». Российская певица Монеточка рассказала, как связана с Беларусью“ (ru). Зеркало (2024-yil 29-avgust). Qaraldi: 2024-yil 30-avgust.
  5. Николай Редькин. „Монеточка. Жизнь после хайпа“ (ru). The Flow (2017-yil 5-sentyabr). 2020-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-iyul.
  6. „Неочевидный альбом дня: Монеточка "Психоделический клауд-рэп"“ (ru). The Flow (2016-yil 27-yanvar). 2017-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
  7. „Звезда интернета из Екатеринбурга Лиза Монеточка поступила во ВГИК“. e1.ru (2016-yil 5-sentyabr). 2017-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyun.
  8. „«Я волнуюсь, стесняюсь и боюсь»: Монеточка представляет клип «Ушла к реалистам»“ (ru). Афиша Daily (2017-yil 20-yanvar). 2018-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-aprel.
  9. „Лиза Монеточка спелась с поэтессой Сашей Аксёновой“ (deadlink). ekburg.tv (2017-yil 27-yanvar). 2017-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  10. Ирина Варкентин. „Звезда YouTube Лиза Монеточка: «Петь про Путина мне еще рано. Вам же не нужны вторые Pussy Riot?!»“ (ru). 66.ru (2016-yil 9-fevral). 2019-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-iyul.