Kontent qismiga oʻtish

Monada

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Monada (yun. monas — yagona, boʻlinmas) — turli falsafiy taʼlimotlarda borliqning tuzilish elementlarini ifodalash uchun ishlatiladigan tu-shuncha: pifagorchilar taʼlimotida son, neoplatonizmda yagonalik. J.Bruno fikricha, monada voqelikning jismoniy va ayni vaqtda psixik elementa. Monadalar haqidagi taʼlimot (monadologiya)ning asoschisi G. Leybnits hisoblanadi. Uning fikricha, monada ruhiy tabiatga ega boʻlgan, butun dunyoni oʻziga kamrab, aks ettira oladigan oddiy (boʻlinmas) va faol birlamchi substan-siyadir. Monadologiya gʻoyasi 19-asrda nemis faylasufi I. Gerbart, G. Lotse, 20-asrda E. Gusserl (Germaniya), A. Uaytxed (Buyuk Britaniya) va boshqalarning qarashlarida oʻz aksini topdi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil